Özbekiston kasaba uyuşmalari Federatsiyasi tomonidan “Mehnat sohasining istiqboldagi masalalari böyiça milliy muloqot” mavzuida konferensiya ötkazildi. 
7 oktabr — Butunjahon Munosib mehnat kuni munosabati bilan taşkil etilgan tadbirda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari, Senat a'zolari, vazirlik va idoralar, NNT, ilmiy muassasalar, kasaba uyuşmalari, Xalqaro mehnat taşkiloti, YUNISEF, BMT Taraqqiyot dasturi, YeXHT, şuningdek, xorijiy mamlakatlarning Özbekistonda akkreditatsiyadan ötgan diplomatik vakolatxonalari vakillari qatnaşdi.

Ta'kidlanganidek, Özbekistonda mehnat munosabatlarini, fuqarolarning ijtimoiy-mehnat sohasidagi qonuniy huquq va manfaatlarini ta'minlaş borasidagi işlarni yanada takomillaştiriş böyiça tizimli çora-tadbirlar amalga oşirilib, salmoqli natijalar qölga kiritilmoqda. Bu yönalişlardagi işlar XMT, Jahon banki, Yevropa ittifoqi Komissiyasi tomonidan ham yuqori baholab kelinayotgani buning yaqqol tasdiğidir. 

Mehnat qonunçiligi zamon talabi asosida takomillaştirilayotgani bu borada muhim omil bölayapti. Birgina sönggi yillarda Mehnat kodeksiga va “Aholini iş bilan ta'minlaş töğrisida”gi Qonunga aholi turli toifalari uçun mehnat kafolatini kuçaytirişga yönaltirilgan özgartiş va qöşimçalar kiritildi. Joriy yilda davlat va jamoatçilik nazoratini kuçaytiriş, kasaba uyuşmalari vakolatini kengaytiriş orqali xalqaro mehnat standartlarini implementatsiya qiliş, xavfsiz va qulay mehnat şaroitlari yaratiş, jarohatlaniş va baxtsiz hodisalar oldini olişni nazarda tutuvçi yangi tahrirdagi “Mehnat muhofazasi töğrisida”gi Qonun qabul qilindi. Şuningdek, hukumatimiz tomonidan 2016 — 2018 yillarda qişloq xöjaligidagi xodimlar mehnat şaroitlari, bandligi va ijtimoiy himoyasini takomillaştiriş masalalari böyiça tadbirlar rejasi tasdiqlanib, izçillik bilan amaliyotga tatbiq qilinmoqda.

Bundan taşqari, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi va Senatining qöşma qarori bilan iş örinlari yaratiş va aholi bandligini ta'minlaş dasturi qabul qilinmoqda. Uşbu Dastur doirasida 2016 yilda 992 ming nafardan ortiq kişini işga joylaştiriş, jumladan, sanoat, xizmat körsatiş va servis sohasi, quriliş, qişloq xöjaligi va boşqa tarmoqlarni rivojlantiriş hisobiga 396 mingdan ziyod yangi iş örni yaratiş közda tutilgan. Kiçik korxonalar va xususiy tadbirkorlikni kengaytiriş, kasanaçilikni taşkil etiş, fermer va dehqon xöjaliklarini rivojlantiriş orqali 596 ming kişi bandligini ta'minlaş rejalaştirilgan. 

E'tiborlisi, hozirgi paytda bu yönalişda samarali iş olib borilmoqda. Mahalliy hokimlik organlari bilan hamkorlikda nogironlar va köp bolali onalar hamda boşqa şaxslarni işga joylaştiriş uçun 100 mingdan ortiq iş örinlari rezerv qilingan bölsa, kollejlarning 480 mingdan ziyod bitiruvçisi bandligi ta'minlandi.