Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova AQŞ Davlat kotibi Jon Kerrining bayonotlariga javob qaytardi. Kerri Rossiyaning Suriyadagi «harbiy jinoyatlari» yuzasidan suriştiruv işlarini boşlaş töğrisida fikr yuritgan edi. Zaxarovaning sözlariga köra, vaziyatni bu tarzda keskinlaştiriş, bunday iboralarni qöllaş xavflidir, çunki birinçi galda harbiy jinoyatlar haqida söz borganda amerikalik xususida gapiriş kerak, deya xabar qilmoqda RIA «Novosti» agentligi.

«Kerrining bayonoti — tarğibotdir. Bu ibora ortida juda jiddiy huquqiy oqibatlar turibdi. Öylaymanki, Kerri bularning barini vaziyatni keskinlaştiriş maqsadida aytgan. Agar, gap harbiy jinoyatlarga borib taqaladigan bölsa, Amerika vakillari dastlab Iroqdan boşlaşi kerak. Söngra, Liviyaga ötiş lozim. Va albatta, Yamanda ham nima bölayotganini yaxşilab örganiş şart. Aytmoqçimanki, har narsani gapiraveriş xavfli, çunki Amerika zimmasida haqiqatdan ham harbiy jinoyatlar turibdi», — degan diplomat.

Uning qayd etişiça, Vaşington tomoni Suriyadagi majburiyatlarini «şunçaki bajara olmagan». Zaxarovaga köra, AQŞning özi Suriya muxolifatiga bosim ötkaza olmasligini Rossiyaga ma'lum qilgan. 

Bundan avvalroq, AQŞ Davlat kotibi Jon Kerri Rossiya va Suriya hukumatlariga nisbatan “suriyalik tinç aholi vakillariga hujumlari uçun harbiy jinoyatlarni sodir etiş” holati böyiça suriştiruv işlarini boşlaş kerakligini aytgan edi.