1870 yilning may oyida 29 yoşli ingliz muhandisi Tomas Çaylds Xitoy hukumati taklifi bilan Pekinga taşrif buyurdi. Sin imperiyasi poytaxtidagi Yevropa mustamlakasi taxminan 100 nafar kişidan iborat edi. Çaylds turmuş örtoği va 3 nafar farzandini Britaniyada qoldirib, fotokamera bilan Pekinga keladi. Sönggi 20 yil davomida u Xitoyning Viktoriya davri qiyofasi aks etgan 200 taça suratni muhrlaydi. Quyida Çayldsning suratlaridan iborat fotojamlanma taqdim etiladi.

Xitoy amaldori, harbiy va siyosiy arbobi Tszen Gofan Tszen Tszifenning qizi turmuş örtoği - Çjetszyan provinsiyasining bölajak gubernatori Ne Tsziguy bilan kelinlik libosida. Çaylds Xitoy xalqining kelinlik libosiga quyidagiça ta'rif bergan: "Xitoyda töy libosi qizil rangda böladi. Kelin tilla bilan işlov berilgan qizil rangdagi satin libos kiygan, uning qizil va tilla rangdagi boş kiyimi marvaridlar bilan bezatilgan".

Buyuk Xitoy devorining Tszyuyyunguan hududi. Çaylds yaşagan davrda devor yonidagi örmon yovlarning sezdirmay bostirib kelmasligi uçun butkul yöq qilingan. Hozirda devor yonida yana daraxtlar qad kötargan.

An'anaga köra, kelinni olib yuriladigan töy taxtiravoni.

Pekin atrofidagi "Ön uç Min qabristoni"ga eltuvçi "Muqaddas yöl" (şendao). Uşbu yöl insonlar va hayvonlarning toş haykallari bilan bezatilgan. Bu yerda jami 36 haykal bor.

Ikki ibodatxona. Çap tomondagisi Çayldsning yozişmalarida Syanşan parkidagi Lyuli ibodatxonasi, deya qayd etilgan, lekin bu xato ma'lumot – aslida suratda bizgaça yetib kelmagan Yuanmin'yuan saroy-parki majmuasining Faxuey ibodatxonasi binosi. Öng tomondagisi esa XII asrda bunyod etilgan Pekindagi eng qadimiy inşootlardan biri - Tyannin ibodatxonasi binosi.






















