Pxenyan heç qaçon birinçi bölib yadro qurolini qöllamaydi. Bu haqda KXDR vakili BMT Boş Assambleyasi birinçi qömitasi sessiyasida bayonot berdi, deb xabar qilmoqda Şimoliy Koreya markaziy telegraf agentligi. 

«Bizning mamlakatimiz yadro qurollariga Qöşma Ştatlar tahdididan himoyalaniş maqsadida ega bölgan va heç qaçon, KXDR suvereniteti buzilmasa, birinçi bölib uni qöllamaydi», — degan Şimoliy Koreya vakili. 

Bundan taşqari, u BMT XKni «Pxenyanning yadro sinovlari va raketa parvozlari tufayli asossiz ayblaşi uçun» tanqid qilgan. Uning sözlariga köra, bu «BMT Nizomiga ziddir».