Tatyana Karimova, Lola Karimova-Tillayeva va uning turmuş örtoği Temur Tillayev 8 oktabr kuni Samarqand şahrida Özbekistonning Birinçi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qildi. Bu haqda Lola Karimova Tillayeva Instagram’dagi sahifasida yozgan.

U ziyorat davomida yuz bergan holat haqida hikoya qilgan.

«Bugun turmuş örtoğim va onajonim bilan birgalikda rahmatli otamning qabrlarini ziyorat qildik. Öşa damlarda qalbimizdan keçgan hissiyotlarni söz bilan ifodalaş qiyindir. Qölimdagi gulga kelib qöngan oq kapalakni biz dadamlarning u dunyolari obod ekanligining ramzi deya qabul etdik. Qayerda bölmayin, ular hamişa qalbimdalar», — deya izoh qoldirgan Lola Karimova Tillayeva.