Toyota va BMW avtokonsernlari va Germaniyaning Allianz suğurta kompaniyasi Amerikaning Nauto startapining texnologiyalariga litsenziyani xarid qildi. Nauto haydovçilarning özini tutişini kuzatuvçi «aqlli» videoregistratorlar işlab çiqiş bilan şuğullanadi, deb yozmoqda Reuters agentligi.

Avtomobil işlab çiqaruvçilar va suğurta kompaniyasi Nauto texnologiyalari yordamida mijozlarning haydovçilik uslubi xususida ma'lumotlar töplaş va kelgusida ulardan özi boşqariladigan avtomobillar işlab çiqişda foydalaniş niyatida, deya ma'lum qilgan Nauto rahbari Stevan Xek Reuters agentligiga. 

Mazkur kelişuvning şartlari oşkor qilinmagan bölsa-da, uççala kompaniya ham Nauto startapida öz uluşiga ega bölgan. U şuningdek, loyihaga yana bir avtomobil işlab çiqaruvçisi ham sarmoya kiritganini aytgan bölsa-da, uning nomiga oydinlik kiritmagan. 

Nauto tizimi haydovçining boşi, uning nigohi yönalişini kuzatadi va bu ma'lumotlarni avtomobil tezligi hamda yönalişi özgarişiga oid axborotlar bilan umumlaştiradi. Agar haydovçi rulni boşqarayotgan vaqtda çalğituvçi işlar bilan şuğullansa, tizim uni diqqatini yölga qaratişga undaydi. 

Nauto qurilmasi AQŞ bozorida 400 dollar turadi.