"Turk havo yo‘llari"ning Istanbulga uchadigan samolyotiga kech qolgan yo‘lovchi unga chiqish ilinjida nomardlarcha ish tutdi.

Hurriyet Daily News nashri xabar berishicha, 8 oktabrda Igdar viloyatida Tamer B. ismli yo‘lovchi reysiga kech qolgach, uni qaytarish uchun samolyotda bomba borligini aytishga qaror qilgan.

U politsiya yoniga kelib samolyotda bomba borligini aytgan. Samolyot haqiqatan ham ortga qaytarilgan. Samolyot uning bortida bomba aniqlanmagach, 3 soatdan keyingina Istanbulga ucha olgan. Yo‘lovchi esa yolg‘on xabar uchun hibsga olingan.