JÇ-2018 saralaş bosqiçining 3-tur uçraşuvlari davom etmoqda. Ispaniya terma jamoasi 3-turni Albaniya maydonida ötkazdi. Mazkur uçraşuvda “qizil furiya”liklar raqiblaridan ustunliklarini körsata olişdi. Birinçi taymda hisob oçilmadi. Biroq ikkinçi bölimning 55-daqiqasida Diyego Kosta Albaniya darvozasini işğol qildi, - 0:1. Keyinçalik Nolito ham gol kiritişga erişdi va Ispaniya terma jamoasining 2:0 hisobidagi ğalabasiga hissa qöşdi.

Guruhning yana bir uçraşuvida Italiya terma jamoasi Makedoniyaga qarşi mehmonda töp surdi. Dastlab Italiya terma jamoasi 24-daqiqada hisobni oçgan bölsa-da, keyinçalik Makedoniya ketma-ket ikki bor Buffon darvozasini işğol qilib, oldinga ötib olişdi, - 2:1. 75-daqiqada Çiro Immobile muvozanatni tikladi. Şuningdek, u 90-daqiqada ham yana bir Makedoniya terma jamoasi darvozasini işğol qilib, Italiyaga uç oçko keltirdi, - 2:3.

Islandiya terma jamoasi 3-turda ham ğalaba qozondi. Öz maydonida Turkiyani qabul qilgan islandlar 2:0 hisobidagi ğalabani qölga kiritdi va oçkolari sonini kötarib oldi.

Albaniya – Ispaniya 0:2 (0:0, 0:2)
Gollar: 0:1 – 55 Diyego Kosta, 0:2 – 63 Nolito.
Albaniya – Berişa, Lenyani (Aliyi, 46), Mavray, Gimsiti, Lilya, Roşi, Jaka (Xuka, 75), Xusay, Memuşay (Başa, 68), Agoli, Balay.
Ispaniya – De Xea, Ramos (Martines, 80), Pike, Monreal, Koke, Alkantara, Inesta (Isko, 78), Vitolo (Nolito, 60), Buskets, Silva, Diyego Kosta.
Ogohlantirişlar: Alkantara (25), Agoli (45), Mavray (70).

Makedoniya – Italiya 2:3 (0:1, 2:2)
Gollar: 0:1 – 24 Belotti, 1:1 – 57 Nestorovski, 2:1 – 59 Xasani, 2:2 – 75 Immobile, 2:3 – 90 Immobile.
Makedoniya – Bogatinov, Moysov, Şikov, Ristevski, Alioski, Xasani (Trayçevski, 84), Juta (Ibraimi, 46), Spirovski, Ristovski, Pandev, Nestorovski (Petroviç, 68).
Italiya – Buffon, Bonuççi, Romanoli, De Şilo, Bardzali, Verratti, Bonaventura (Parolo, 64), Kandreva, Bernardeski (Sansone, 64), Belotti (Eder, 84), Immobile.