AQŞ prezidentligi uçun saylovda asosiy nomzodlar bölmiş demokrat Hillari Klinton hamda respublikaçi Donald Tramp Missuri ştati, Sent-Luisda ötkazilgan ikkinçi teledebatni bir-birining qölini döstona siqmagan holda boşlaşdi.
Siyosatçilar sahnada bir vaqtda paydo bölişdi va bir-biriga navbat bermasdan yiğilganlarga bir vaqtda salom berişdi.
Qayd etiş kerakki, 26 sentabr kungi ilk debatni Tramp va Klinton bir-birining qölini döstona siqiş bilan boşlaşgandi.
Bu safargi debat Trampning mojarolar girdobida qoliş fonida röy berdi. 7 oktabr kuni uning 11 yil oldin ayollarni haqoratlab aytgani yozilgan audio e'lon qilindi. Şundan söng, bir qator respublikaçi siyosatçilar undan nomzodini qaytarib olişni söraşdi.
Tramp özining nutqini 11 yil avval ayollar şa'niga aytgan nomaqbul sözlari uçun keçirim söraşdan boşladi.
"Bu erkaklar xonasidagi suhbat bölgandi. Men bu işimdan faxrlanmayman. Men bu uçun rafiqam, barça amerika xalqidan uzr sörayman", deb aytdi Tramp.
Yaqinda AQŞ OAV Tramp iştirokidagi 11 yil avvalgi videoyozuvni çop etgandi. Unda milliarder ayollar şa'niga nisbatan haqoratomuz sözlar aytgani tasvirlangan. Buning oqibatida yuzaga kelgan mojarodan keyin Tramp öşandagi sözlari uçun ommaviy tarzda uzrini keltirdi.












