Guruhning yana bir uchrashuvida esa Xorvatiya terma jamoasi safarda Finlyadiyaga qarshi to‘p surdi. Bahsning 18-daqiqasida Mario Manjukich tomonidan kiritilgan yagona gol Xorvatiya terma jamoasiga g‘alaba keltirdi, - 0:1. Shunday qilib, Xorvatiya terma jamoasi o‘z guruhida 3-turdan so‘ng yetakchilik qilmoqda.
Yana bir uchrashuvda Isroil terma jamoasi uyda Lixtenshteynni 2:1 hisobida mag‘lub qildi. Tomer Xemedning dubli mezbonlarga g‘alaba olib keldi.
“D” guruhi favoritlaridan biri Uels terma jamoasi uyda Gruziya bilan kutilmaganda 1:1 hisobida durang o‘ynadi. 10-daqiqada Garet Beyl hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limning 57-daqiqasida esa Gruziya terma jamoasi va “Krasnodar” futbolchisi Tornike Okriashvili muvozanatni tikladi, - 1:1. Ayni paytda bu guruhda Uels 5 ochko bilan peshqamdalik qilmoqda.
Ukraina – Kosovo – 3:0
Gollar: Kravets, 31 (1:0); Yarmolenko, 81 (2:0); Rotan, 87 (3:0).
Ogohlantirishlar: Berisha, 20; Krietsiu, 82.
Finlyandiya – Xorvatiya – 0:1
Gol: Mandjukich, 18 (0:1).
Ogohlantirishlar: Ring, 54; Moysander, 72 – Vrsalko, 78.
Isroil – Lixtenshteyn – 2:1
Gollar: Xemed, 3 (1:0); Xemed, 16 (2:0); Gopel, 49 (2:1).
Ogohlantirishlar: Byuxel, 20; Xasler, 61.
Uels – Gruziya – 1:1
Gollar: Beyl, 10 (1:0); Okriashvili, 57 (1:1).
Ogohlantirishlar: Daushvili, 45+1; Gviliya, 63; Okriashvili, 76; Kashiya, 85.
manba:tribuna.uz











