Mayamida joylaşgan Forza startapi dunyoda birinçi bölib "aqlli" turnik (tortilgiç) – Smart Fitness Bar’ni taqdim qildi. 

TechCrunch naşrining hazil qilişiça, kompaniya "aqlli" turnikni buning uçun qandaydir antiqa texnologiyalar kerak bölgani uçun emas, balki avvalroq heç kim bu foydali böladi, deb öylamagani uçun dunyoda birinçi bölib yaratdi.

Smart Fitness Bar turnigi Bluetooth orqali smartfonga ulanadi va barça zarur ma'lumotni buning uçun maxsus yaratilgan dasturga jönatadi. Turnik nafaqat tortiliş sonini, balki pulsni ölçaydi hamda yöqotilgan kaloriyalarni hisoblay oladi.

Turnik yaratuvçilarining fikriça, bunday qurilmalar foydalanuvçilarni ularning döstlari va tanişlarining joriy körsatkiçlaridan ötişga undab, musobaqa kayfiyatini qöllab-quvvatlaşga yordam beradi.