XXR taşkil etilganligi munosabati bilan e'lon qilingan bayram haftaligida 770 mlndan ortiq kişi sayohat qilgan.
Xitoy Xalq Respublikasi 1949 yil 1 oktabrda e'lon qilingan edi. Şunga köra, 1-7 oktabr kunlari dam oliş kunlari hisoblanadi.
Mamlakat transport vazirligi ma'lumotlariga köra, “oltin haftalik” deb ataluvçi bayram haftaligida 649 milliondan ortiq inson yöllardan foydalangan, yana 13,2 million kişi suv böylab sayohatga çiqqan. Bu esa, ötgan yilning şu davriga oid raqamlardan 1,7 va 7,7 foizga köp demakdir.
Bunda, Sinxua agentligining China Railway Corp. kompaniyasi ma'lumotlariga tayangan holda xabar qilişiça, 28 sentabrdan 7 oktabrgaça bölgan muddat davomida Xitoy temir yöllari xizmatidan 103,8 million kişi foydalangan.
Avvalroq, bayram kunlari 760 milliondan ortiq xitoylik sayyohat qilişni rejalaştirayotgani taxmin qilingan edi.












