11 oktabrda Pekinda 7-Syanşan xavfsizlik forumi oçildi. Forum joriy yilda "muloqot va hamkorlik vositasida xalqaro munosabatlarning yangi turini quriş" mavzusi ostida bölib ötadi.
Forum taşkilotçilarining ma'lumotlariga köra, forum işida deyarli 60 ta davlatdan kuç boşqarmalari va tuzilmalari, ekspertlar jamiyatidan 500 dan köproq delegatlar iştirok etadi.
Ikki kunlik forumda qurolli kuçlarning global boşqaruvdagi roli, Osiyo-Tinç okeani mintaqasidagi xavfsizlikka yangi tahdidlarga javob beriş, dengiz hamkorligi sohasida hamkorlik va terrorçilikning xalqaro tahdidlari va ularga qarşi çoralar kabi masalalarga bağişlanadi.
Forumning işi Xitoy mudofaa vaziri Çan Vantsyuanning nutqi bilan boşlandi.
Xitoy mudofaa vazirligi taşkilotçiligida ötkaziladigan Syanşan xavfsizlik forumining birinçisi 2006 yilda bölib ötgan. 2015 yildan forum har yili ötkaziladigan bölgan.












