Prezident Barak Obama ma'muriyati ötgan yili Saudiya Arabistoniga 1,3 mlrd dollarlik qurol-aslahalarni sotiş bitimiga ruxsat bergan edi. AQŞ şu bilan Yamandagi harbiy jinoyatlarga aloqador bölib qolişi mumkinligiga doir ogohlantirişlarga qaramay, bitim tasdiqlandi, deb xabar qilmoqda Reyter agentligi Amerikaning sobiq va amaldagi mulozimlariga tayangan holda.
Gap, Saudiya Arabistoni yetakçiligidagi arab davlatlarining yamanlik isyonçi xusiylarga qarşi koalitsiyasi haqida bormoqda. Reyter ma'lumotlariga köra, Vaşington qöllab-quvvatlayotgan mazkur harbiy amaliyotda minglab tinç aholi vakillari qurbon bölgan.
Ayni vaqtda, amerikalik huquqşunoslar, xalqaro huquq me'yorlariga köra, AQŞ koalitsiyaning harbiy ittifoqçisi hisoblanadimi yoki yöqmi?, degan savolga oydinlik kirita olişmayapti. Agar ular bu savolga ijobiy javob berişsa, bu Vaşingtonning harbiy jinoyatlarga oid ayblovlar yuzasidan tergov işlarini olib borişga majbur bölişini anglatadi.
Şu bilan birga, Amerikaning qator harbiy xizmatçilariga nazariy jihatdan bölsa-da, jinoiy javobgarlik xavf sola boşlaydi.
2015 yilda Yamanning tinç aholisi orasidagi qurbonlar soni keskin kötarilgan. Va ayrim inson huquqlarini himoya qiliş taşkilotlari Vaşington Ar-Riyodning harbiy jinoyatlariga aloqador bölib qolişini aytişgandi.
Çunki, AQŞ 2015 yil martida Ar-Riyodga 22,2 milliard dollarlik qurol sotiş böyiça kelişuvini ma'qulladi. Bu aslahalarning aksariyati kelgusida yetkazib berilişi qayd etilgan edi.
Ayni vaqtda, vakillar palatasining 60 nafardan ortiq a'zosi Obamani navbatdagi bitimni bekor qilişga undamoqda. Biroq, Senatning ötgan oydagi kelişuvni tösib qöyişga urinişi muvaffaqiyatsizlikka uçradi.
Reyter ma'lumotlariga köra, Yamandagi harbiy mojaroda 3,8 ming tinç aholi vakili hayotdan köz yumgan. Bunda, aviazarbalar çoğida şifoxonalar, maktab va bozorlarni ham nişonga olayotgan Ar-Riyod ölim holatlarining 60 foiziga javobgardir. Saudiyaga esa, qurollarni AQŞ yetkazib bermoqda.












