Özbekiston - Xitoy öyinidan oldin taşkillaştirilgan matbuot anjumanining birinçi qismida Özbekiston terma jamoasi boş murabbiyi Samvel Babayan va yarim himoyaçi Server Jyeparov iştirok etdi.

Samvel Babayan:
— Xitoy Osiyoda öz örniga ega bölgan jamoa. Şu sababli ham bizga oson bölmaydi.

Server Jyeparov:
— Xitoy biz uçun azaldan qiyin raqib bölib kelgan. Ertaga har ikki jamoaga oson bölmaydi.

J: — Sergeyev, Sardor Raşidov va Islom Töxtaxöjayevning öyinida pasayiş yuzaga kelgani sizga ham sezilyaptimi?
M: — Sergeyev, Sardor Raşidov, Töxtaxöjayev jamoamizning muhim öyinçilaridan hisoblanadi. Töğri, ular xato qilişmoqda. Ularga yetarliça körsatmalar berganmiz.

J: — Jamoa öyinga qançalik tayyor?
M: — Eronga qarşi öyinni unutib, ertangi öyinga tayorgarlik kördik. Oxirgi 3 öyinda biz özimizning eng optimal holatimizga kela olmadik. Ya'ni eng kuçli tarkibni yiğa olmadik. Aynan mana şu narsa bizga muammo tuğdirmoqda.

J: — Xitoy terma jamoasi juda tezkor öyin namoyiş etadi. Qarşi hujumlar sizni xavotirga qöymayaptimi? Bundan taşqari öng qanotga moslaşa olmayotgan Töxtaxöjayevni Davron Hoşimov bilan almaştirişingiz mumkinmi?
M: — Darhaqiqat, Xitoy juda ham tezkor öyin namoyiş etadi. Töxtaxöjayevning öyinida biroz pasayiş kuzatilgani bor gap. Tarkib borasida yakuniy qarorni ertaga çiqaramiz. Ertaga biz faqat ğalaba uçun maydonga tuşamiz. Ortga yöl yöq. Muxlislarimizni xursand qiliş uçun borimizni beramiz.