Singapur Markaziy banki Şveytsariyaning mamlakatda faoliyat yurituvçi banki bölimiga berilgan litsenziyani qaytarib oldi. Bank Malayziyaga tegişli 1MDB davlat fondining firibgarlik amaliyotlariga aloqadorlikda gumon qilinmoqda.

Avvalroq, Singapur moliyaviy boşqaruvi Malayziyaning 1MDB davlat jamğarmasi bilan boğliq firibgarliklarga aloqasi bölgani uçun Şveytsariyaning yana bir moliyaviy muassasasi BSI faoliyatini töxtatgan edi. Keyinçalik, BSI bankining ikki nafar sobiq xodimiga hujjatlarni soxtalaştiriş va şubhali bitimlarni tuziş aybi ilgari surilgandi. 

Singapur pul-kredit boşqarmasi bayonotiga köra, Şveytsariyaning Falcon banki bölimiga berilgan litsenziyaning qaytarilişiga, noqonuniy pul ötkazmalariga qarşi kuraş çoralarining qöpol ravişda buzilişi hamda bankning Şveytsariyadagi boş idorasi va Singapurdagi rahbarlari axloqiy me'yorlarga rioya qilmagani sabab bölgan. 

Bundan taşqari, 1MDB bilan boğliq firibgarliklarga aloqador bölgan mahalliy DBS va UBS banklariga ham jarimalar tayinlangan.