Toşkentda Özbekiston Respublikasida istiqomat qilayotgan nemis millatiga mansub fuqarolar masalalari böyiça Özbekiston – Germaniya hukumatlararo komissiyasining töqqizinçi majlisi bölib ötdi. 

Özbekiston Respublikasi içki işlar vazirining örinbosari, hukumatlararo komissiya hamraisi S.Nişonboyev, Germaniya Federativ Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elçisi Naytxart Xyofer-Vissing va boşqalar Özbekiston bilan Germaniya örtasida özaro işonç va hurmatga asoslangan munosabatlar qaror topgani, bu özaro manfaatli hamkorlik rivojiga xizmat qilayotganini ta'kidladi.


Özbekistonda “Vidergeburt” nemis madaniyat markazi faoliyat yuritmoqda. “Özbekiston – Germaniya” va “Germaniya – Özbekiston” döstlik jamiyatlari xalqlarimiz örtasidagi madaniy-ma'rifiy aloqalarni yanada rivojlantirişga munosib hissa qöşmoqda.  

Germaniyada Özbekiston, Özbekistonda Germaniya haqida körsatuv va körgazmalar namoyiş etilmoqda, birgalikda madaniy tadbirlar, konsertlar ötkazilmoqda. Muntazam taşrif almaşuvlar tufayli xalqlarimiz bir-biri bilan yaqindan tanişmoqda, özaro aloqalarni yanada mustahkamlamoqda. Özbekiston Qizil yarim oy, Germaniya Qizil xoç, Germaniya texnikaviy hamkorlik jamiyatlari hamkorligining amaliy ifodasi bölgan tibbiy-ijtimoiy markazlar tomonidan aholiga sifatli tibbiy-ijtimoiy xizmat körsatilmoqda. 

Tadbirda Özbekistonda istiqomat qiluvçi nemis millatiga mansub aholini tibbiy-ijtimoiy qöllab-quvvatlaş kölamini kengaytiriş, özaro madaniy, ma'rifiy va texnik hamkorlikni yanada rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi.

Majlis yakunlari böyiça qöşma kommyunike imzolandi.