Mitsui Sumitomo bank bölimi rahbar örinbosari 12 oktabr, çorşanba kuni valyuta omonatlari tizimini manipulyatsiyalaştirib, 190 million iyen (taxminan 1,9 million dollar) öğirlaganani uçun hibsga olindi. Bu haqida NHK telekompaniyasi ma'lum qildi. 

Tergov bankning yuqori mansabli xizmatçisi ötgan yilning noyabridan şu yilning iyuniga qadar 190 million iyenni özlaştirganini aniqlagan. Qölga olingan amaldor öz aybini tan olgan, lekin tergov ma'lumotlariga köra, Yaponiyaning eng yirik banklaridan biri 2007 yildan buyon şu tariqa 1,1 milliard iyenidan (taxminan 11 million dollar) ayrilgan. Mazkur jinoyat yuzasidan tergov işi davom etmoqda. 

Manbaga köra, bank xizmatçisi bu pullarni "farzandlarining ta'lim olişi va sevimli ayolining ehtiyojlari"ga sarflaganini aytgan.