Bolgariya ğarbidagi konlardan birida işlovçilar iş haqining öz vaqtida tölanmayotgani va kamaytirilişiga norozilik sifatida iş taşlaş ötkazmoqda, deb xabar qilmoqda Nova TV telekanali.
10 oktabr kuni 125 kişi "Bobov dol" kömir konida yerostiga tuşib, şundan beri yer yuzasiga çiqişayotgani yöq.
Konçilar kon rahbariyati vakili muzokaralar ötkaziş uçun yerostiga tuşişini talab qilişmoqda.
Ular iş haqining tölanmagani hamda uning qisman kamaygani va işini yöqotib qöyiş ehtimoliga qarşi norozilik bildirişmoqda.
Telekanalga köra, norozi konçilar işlayotgan konlardan biri oktabr oyi boşida yopilgan. Endilikda, konçilar buning natijasida işdan böşatilmasligiga kafolat talab qilişmoqda.
Şu bilan birga, namoyişçilarning qaçongaça yerostida qolişni rejalaştirayotgani ma'lum emas. Kon vakillari ham bunga izoh berişmagan.
Dastlab, norozilik bildirganlar soni 130 nafar bölgan, biroq beş nafari soğliği yomonlaşgani bois, yer yuzasiga qaytib çiqişgan.













