Isroilliklar bir kunga taşqi dunyo bilan aloqalarini uzib, odatdagi faoliyatlariga çek qöyişdi. Yom Kipur diniy röza kuni munosabati bilan xavfszlik çoralari kuçaytirildi. 

Yom Kipur yoki Hukm kuni, yahudiylar an'anasiga köra, har bir insonning ötgan bir yildagi hayotiga yakun yasalib, kelgusi bir yillik taqdiri belgilanadi. Şu munosabat bilan, yahudiylar hayotning dunyoviy va jismoniy tarafini yoddan çiqarişlari kerak böladi. Ular, ötmişini mulohaza qilişlari va maxsus ibodatlarni ado etişlari lozim. 

Isroil hukumati Yom Kipur kunida çegara ötkazuv postlarini yopib, Falastinning Iordan daryosi ğarbiy sohili va Ğazo sektorida "qamal tartibi"ni joriy qildi.

Şu bilan birga, Isroilning taşqi dunyo bilan havo va dengiz aloqasi töxtatilgan. Mamlakatning özida idora va korxonalar, dökonlar, restoranlar işlamayapti.

Transport vositalari, şu jumladan xususiy avtomobillarsiz köçalar huvillab qolgan. Mahalliy radio va telekanallar eşittiriş hamda körsatuvlarni töxtatgan. 

Yom Kipur munosabati bilan politsiya minglab xodimlarini kuçaytirilgan xizmat tartibiga ötkazgan.