TripAdvisor sayyohlik servisi mutaxassislari sayyohlarning 6 xil turini aniqlaşdi. Bu haqida kompaniyaning "Lenta.ru" tahririyatiga kelib tuşgan matbuot relizida ma'lum qilingan. 

Mutaxassislar sayyohlar şaxsini aniqlaşda global sörovnoma ma'lumotlariga asoslanişgan. Sayyohlarning bir turi - foydali takliflar ovçilari hisoblanadi. Bunday kişilar sayohatdan maksimal darajada foydalanişni istaşadi va köpinça farzandlari bilan birga dam olişadi. Bu, qoidaga köra, 25-34 yoşdagi örtaça daromad oluvçi kişilardir. 

Ikkinçi guruh - eksklyuziv turizm işqibozlari. Bu guruhdagi hordiq çiqaruvçilarning yoşi - 25-49 atrofida. Ular mömay daromad olişadi, xarajatlarda özlarini u qadar çeklaşmaydi va odatda hamkor bilan sayohat qilişadi. 

TripAdvisor ekspertlari dam olişga faqat jamoa bilan otlanadigan ijtimoiy sayyohlarni ham alohida qayd etişdi. Individual sayyohlar esa, aksinça, yolğiz sayohat qilişni ma'qul körişadi. Yuqorida tilga olingan ikki guruh vakillarining daromadi turliça bölişi mumkin, yoşi esa 25-49 yoşni taşkil etadi. 

Tadqiqotçilar yönaliş, xususan, restoranlar, mehmonxonalar va boşqa köngiloçar maskanlarga doir ma'lumotlarni qidirişga köp vaqt sarflaşadi. Bu köpinça 25-49 yoş atrofidagi yuqori daromad oluvçi kişilarga xosdir.

Konservator-sayyohlar odatda doim bir joyga borişadi. Şuning uçun ularning sayohatni rejalaştiriş yoki ma'lumotlarni töplaşiga kam vaqt ketadi. Qoidaga köra, bu - örta daromad oluvçi 35 yoşdan 64 yoşgaça bölgan, yolğiz sayohat qilişni xuş köruvçi kişilar. 

Onlayn-sörovnoma joriy yilning yoz oyida ötkazilgan bölib, unda 33 mamlakat fuqarosi iştirok etgan. Tadqiqot 36 mingdan ortiq kişini qamrab olgan.