AQŞning Yaqin Şarqdagi siyosati uzoq muddatga möljallanmagani uçun amerikaliklar çorasiz qolişgan. Turkiya boş vaziri örinbosari Nö'mon Kurtulmuş şunday bayonot bermoqda. 

"AQŞ Yaqin Şarqdagi ittifoqçilarini özgartirib, raqobatçilarini duşmanidek baholamoqda. Bularning bari taşqi siyosat nuqtai nazaridan mumkin, ammo bu kabi harakatlar sababini biliş yaxşi bölar edi. Bu amerikaliklarning uzoqqa möljallangan rejasi natijasi deb öylamayman. Ular bugungi kunda çorasiz bölib, siyosatini goh u tomonga goh bu tomonga taşlamoqda", — degan Kurtulmuş Anadolu agentligiga bergan intervyusida.

AQŞ va Turkiya Suriyada jiddiy qarama-qarşiliklarga duç kelmoqda. Bunga, Vaşingtonning Suriyadagi kurdlar Demokratik ittifoqi partiyasini qöllab-quvvatlaşi sabab bölayapti. Rasmiy Anqaraning fikriça, bu partiya terrorçilik taşkilotidir. U, Turkiyada taqiqlangan Kurdiston işçi partiyasi bilan aloqador.