Turk muxolifi Fathulla Gulenning FETO taşkiloti va IŞID terrorçilik guruhi orasida "heç qanday farq yöq", deb aytdi Istanbulda IX Yevrosiyo islom kengaşi yiğilişida Turkiya din işlari boşqarmasi raisi Mexmet Germez. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda. 

Turk hukumati muxolif imom Gulenni 16 iyulda Turkiyada amalga oşirilgan davlat töntaruviga urinişda ayblab kelmoqda. FETO (Fethullah Gulen Terrorist Organisation) Turkiya hukumati tomonidan işlatiladigan qisqartirma bölib, "Fathulla Gulenning terrorçilik taşkiloti" kabi tuşuniladi. Gulen taşkilotining asl nomi esa "Xizmet" deb yuritiladi.

"Islom ummatining yanada madaniyatli rivojlanişini muhokama qiliş örniga, biz terrorçilik taşkilotlari sababli orqaga qadam bosişga majbur bölmoqdamiz. Bizning nuqtai nazardan, IŞID kabi tajovuzkor terrorçilik taşkilotlari va odamlarga ta'sir qilişning bunday usullarini qöllamaydigan Fathulla Gulenning FETO kabi taşkiloti örtasida heç qanday farq yöq", deb aytdi Germez.

"Bu taşkilotlar "parallel" dinni yaratmoqda, uning aqidalarini öz xohişiça talqin qiladi", deb qöşimça qildi Germez.

Yevrosiyo islom kengaşi 9-marotaba Turkiya din işlari boşqarmasi tomonidan çaqirtirilmoqda va Turkiya prezidenti rahnamoligida ötmoqda. Kengaşning birinçi yiğilişi 1995 yilda ötkazilgan. Taşkilotçilarning ma'lumotlariga köra, 9-yiğiliş diniy ulamolarning eng yirik yiğilişlaridan biri böldi. Islom ummatining dolzarb masalalarini muhokama qiliş uçun Istanbulga 33 ta davlatdan 120 dan köproq muftiylar va imomlar taşrif buyurişgan.