Gretsiya poytaxti Afina şahri markazida bomba portlatilgan. 12 oktabr kuni keçqurun sodir bölgan hodisada heç kim jabrlanmagan, deb xabar qilmoqda "Naftemporiki" internet naşri.

Qayd etilişiça, portlaş mahalliy vaqt bilan tungi 22:45lar atrofida Ekzarxia tumani Ippokratos köçasida yuz bergan. 

Naşrning yozişiça, soat 22:20larda noma'lum kimsa "Muharrirlar gazetasi" idorasiga qönğiroq qilib, Ippokratos köçasidagi kitob dökoniga portlovçi moslama örnatgani va u yarim soatdan söng işga tuşişidan ogohlantirgan. 

Pronews.gr naşriga köra, bomba "Elefteri skepsi" ("Erkin fikr") dökonini vayron qilgan. 

OAV qayd etişiça, portlaş juda kuçli bölgan. Tahlilçilarning aytişiça, portlaşning bu şaklda amalga oşirilişi hududdagi anarxiyaçilarning jinoyatda qöli borligini körsatadi. Odatda ular yarim bir soat oldin gazeta naşrlarini portlaşdan ogohlantirişadi. Suriştiruv işlari olib borilayapti.