Xitoyda mamlakatning eng badavlat kişisi aniqlandi. Bu haqida XXRning badavlat kişilar reytingini çop etuvçi Hurun Research Institute tadqiqot taşkilotining ma'lumotiga asoslanib, RIA "Novosti" xabar berdi.
Manbaga köra, Xitoyning eng badavlat kişisi - Dalian Wanda Group kompaniyasi rahbari 62 yoşli Van Tszyanlin bölib, uning boyligi 32,1 milliard dollarga baholangan.
Van Tszyanlin 2013 hamda 2015 yillarda ham Xitoyning eng badavlat kişisi deya tan olingan. 2013 yilda uning moliyaviy holati 22 milliard dollarga baholangandi.
Reytingdagi ikkinçi örinni Xitoyning eng yirik Alibaba Group internet-kompaniyasining asosçisi va rahbari Jyek Ma egallagan. Uning moliyaviy holati 30,6 milliard dollarga baholangan. Uçinçi örinda - Tencent telekommunikatsion kompaniyasining asosçisi Ma Xuaten bölib, uning boyligi 24,6 milliard dollarga baholangan.
Törtinçi örinda köçmas mulk sohasida faoliyat olib boruvçi Baoneng Group kompaniyasining 45 yoşli rahbari Yao Çjenxua nomi qayd etilgan. Uning moliyaviy ahvoli 17,2 milliard dollarga baholangan.
Ma'lumotlarga köra, dunyo böylab xitoylik milliarderlarning soni 754 nafarni taşkil qiladi.












