2016 yil 12 oktabr kuni Toşkent şahrida Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yettinçi yalpi majlisi bölib ötdi. Majlisda Vazirlar Mahkamasining taklif etilgan a'zolari, vazirliklar va idoralar rahbarlari, boşqa taşkilotlar, fuqarolik jamiyati institutlari, şuningdek, ommaviy axborot vositalarining vakillari iştirok etdi. Bu haqda ÖzA xabar bergan.
Majlisni Oliy Majlis Senati Raisi N. Yöldoşev boşqardi.
Majlisda senatorlar Özbekiston Respublikasining Birinçi Prezidenti Islom Karimov tomonidan taklif etilgan «Keksalarni e'zozlaş yili» Davlat dasturini ijro etiş maqsadida Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oliy Majlis Qonunçilik palatasiga kiritilgan «Keksalar, nogironlar va aholining boşqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uçun ijtimoiy xizmatlar töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi qonunini körib çiqdi.
Uşbu qonun aholining ehtiyojmand toifalariga körsatiladigan ijtimoiy xizmatlarning huquqiy asoslarini yanada takomillaştiriş, ijtimoiy xizmatlar körsatişning umumiy talablari va asosiy yönalişlarini aniqlab oliş, şuningdek, davlat taşkilotlari, nodavlat taşkilotlari va tadbirkorlik sub'yektlarining uşbu sohadagi roli va javobgarligini oşiriş maqsadida qabul qilinganligi ta'kidlandi. Ijtimoiy xizmatlar körsatiş jarayoni ustidan monitoring yuritiş hamda jamoatçilik nazoratini kuçaytiriş çora-tadbirlari nazarda tutilmoqda.
Qonun aholining ehtiyojmand toifalariga körsatiladigan ijtimoiy xizmatlar sifati, darajasi va samaradorligini oşirişga, ularning manfaatlarini himoya qilişga doir kafolatlarni mustahkamlab qöygan yaxlit hujjatdir. Mazkur huquqiy hujjatda ijtimoiy xizmatlar körsatiş samaradorligini oşiriş sohasidagi davlat siyosatining asosiy yönalişlari aniq belgilab qöyilgan, ijtimoiy xizmatlarga muhtoj aholi toifalari aniqlab berilgan, ularni aniqlaş mezonlari va tartibi belgilangan.
Qonunda, ayniqsa, ta'lim, işga joylaştiriş va soğliqni saqlaş sohalarida ijtimoiy xizmatlar körsatiş şakllari hamda turlari muhim örin egallaydi, uşbu sohadagi idoralararo hamkorlik va ijtimoiy şeriklik masalalari tartibga solinmoqda.
Qonun senatorlar tomonidan ma'qullandi.












