Şu yilning sentabr oyida Xitoy eksporti ötgan yilning şu davriga taqqoslaganda 10 foizga, import körsatkiçi esa 1,9 foizga pasaygan. XXR Boş bojxona boşqarmasi keltirgan ma'lumotlar tahlilçilarning taxminlaridan ham yomonroq bölib çiqqan.
Bojxona axborotiga köra, Xitoy sentabr oyida 184,5 milliard dollarlik mahsulot eksport qilgan bölsa, 142,5 milliard dollarlik import xaridini amalga oşirgan. Reyter agentligi tahlilçilari, sentabr oyi yakunlariga köra, eksport hajmining 3 foizga pasayişini va importning 1 foizga oşişini taxmin qilişgan edi.
Şunday qilib, ötgan oydagi ijobiy savdo balansi 41,99 milliard dollarni taşkil etgan. Ekspertlar bu raqam 53 milliard bölişini aytişgan edi. Sentyabr oyida taşqi savdo hajmi ötgan yilning şu oyiga nisbatan 6,6 foizga qisqarib, 327 milliard dollarni taşkil etgan.
2015 yil natijalariga köra, Xitoyning taşqi savdo hajmi 3,95 trillion dollarni taşkil etgan, bunda eksport 2,8 foizga pasayib, 2,27 trillion dollardan iborat bölgan, import esa 14,1 foizga pasaygan hamda 1,68 trillion dollarni taşkil etgan.
Taşqi savdodagi ijobiy saldo 594,5 milliard dollar bölgani xabar qilinmoqda.












