Tailandda bir neça ming kişi iştirokida bir yil avval vafot etgan marhum qirol Rama IX’ning (Pumipon Adulyadet) dafn marosimi boşlandi.

25 oktabr keçki vaqtdan 29 oktabrgaça davom etadigan 5 kunlik dafn marosimining ilk kuni qirol bilan vidolaşiş marosimi bölib ötadi, şundan keyin uning jasadi buddaviy odatlarga köra krematsiya qilinadi.  

Qirol Rama nafaqat tailandliklar, balki qöşni davlatlar aholisi va buddaviy jamoat vakillari tomondan ham hurmat qilingan. Şu sababli Bangkokning aeroportlari va vokzallarida ajiotaj kuzatilmoqda.

Dafn marosimiga qirolning öğli va vorisi – qirol Rama X boşçilik qiladi. Unga qirollik oilasining qolgan a'zolari va rohiblar qöşilişadi.  

Tailandning marhum qiroli bilan vidolaşiş uçun 40 dan köproq davlat delegatlari kelişadi. 

Marhum qirol Tailandni 70 yil boşqargan va 2016 yil 13 oktabrda uzoq davom etgan kasallikdan keyin vafot etgan.