9 oktabr kuni Taylandning 88 yoşli qiroli Pxumipon Adulyadetning soğliği barqarorlaşmagan. Şu sababli, merosxör şahzoda Maxa Vaçiralongkorn va Tayland boş vaziri Prayut Çan-oça zudlik bilan mamlakat poytaxtiga qaytişgan. Qirol davolanayotgan şifoxona oldiga önlab fuqarolar töplanib, uning soğliği haqida qayğurişmoqda. 

Qirol Pxumipon Bangkokning Siriraç şifoxonasida davolanmoqda. U sönggi bir yil mobaynida mazkur muassasani deyarli tark etmadi. 

Tayland hukumati qirol soğliği yomonlaşgani haqida 1 oktabrda xabar qilgan edi. 9 oktabrga kelib bu borada ijobiy özgariş kuzatilmagan. Sönggi ma'lumotlarga köra, şifokorlar qirol qonida infeksiya borligini va jigari ğalati faoliyat körsatayotganini aytişgan.