WikiLeaks xalqaro taşkiloti asosçisi Julian Assanj 14 noyabrda Ekvadorning Londondagi elçixonasida söroq qilinadi. Assanj bu elçixonada siyosiy boşpana olgan. Bu haqda Ekvador boş prokuraturasi ma'lum qildi. 

Prokuratura ma'lumotlariga köra, avval 17 oktabrga belgilangan söroq Assanjning  iltimosi bilan boşqa sanaga köçirildi. 

2012 yil 19 iyunda Assanj Şvetsiyaga ekstraditsiya qilinişdan qoçib qutuliş uçun Ekvador elçixonasidan boşpana söragan. Şvetsiyada u jinsiy xarakterdagi jinoyatlarni sodir etişda gumon qilinmoqda. WikiLeaks asosçisi bu ayblovlarni inkor qilmoqda va ularni siyosiy tomondan uyuştirilayotganini aytmoqda. U Şvetsiya uni AQŞga topşirişidan xavfsiramoqda. AQŞda esa avstraliyalikka AQŞ davlat departamenti maxfiy hujjatlarini çop etganlik uçun 35 yillik qamoq yoki ölim jazosi berilişi mumkin.