Joriy yil 9 oyi yakunlari böyiça mamlakat yalpi içki mahsuloti ösişi 7,8 foizni taşkil qilgan. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisi töğrisida axborotda keltirib ötilgan.
Yilning yanvar-sentabr oylarida sanoat ösişi 7,2 foizni, quriliş işlari hajmi ösişi 15 foizni, çakana savdo aylanmasi ösişi 14,2 foizni, xizmatlar körsatiş hajmi ösişi 12,4 foizni taşkil etdi. Qişloq xöjaligi mahsulotlari hajmi 6,4 foizga ösişi ta'minlandi.
Davlat byudjyeti yalpi içki mahsulotga nisbatan 0,1 foiz miqdorida profitsit bilan ijro etildi. Inflyatsiya darajasi prognoz parametrlaridan oşmadi.
Qişloq xöjaligi sohasini rivojlantiriş, modernizatsiyalaş va diversifikatsiyalaş böyiça dasturiy çora-tadbirlar faol amalga oşirilişi natijasida qişloq xöjaligi mahsulotlari hajmi 6,4 foizga ösişi ta'minlandi.Sanoat tarmoqlarini çuqur tarkibiy özgartiriş va modernizatsiyalaş, rivojlangan işlab çiqariş va ijtimoiy infratuzilmalarni şakllantiriş böyiça faol investitsiya siyosatini amalga oşiriş özlaştirilgan investitsiyalar hajmining – 9,4 foizga, şu jumladan, xorijiy investitsiyalar – 11,2 foizga ösişini ta'minlagani qayd etildi.
Yil boşidan buyon 2016 yilgi Investitsiya dasturi doirasida 100 ta yirik işlab çiqariş obekti işga tuşirilgani qayd etildi. Vazirlik, idora, xöjalik birlaşmalari va yirik korxonalar rahbarlarining yil oxirigaça işga tuşiriş möljallangan 64 ta yirik işlab çiqariş quvvatini foydalanişga topşirişni sözsiz ta'minlaş, şuningdek, 2017 yil uçun işlab çiqariş dasturlari uçun zarur xomaşyo va materiallarni, eng avvalo, X Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi doirasida xarid qilişga şartnomalar tuzişni tezlaştiriş yuzasidan şaxsan javobgar ekanliklari belgilab olindi.












