Amazon.com kompaniyasi “convenience stores” namunasidagi aholiga yaqin oziq-ovqat mahsulotlari dökonlari tarmoğini oçişni rejalaştirayapti, deb yozmoqda The Wall Street Journal naşri öz manbasiga tayangan holda. 

Xaridorlar mahsulotlarga saytda yoki kompaniyaning mobil ilovasi orqali buyurtma berişi mumkin. Şu bilan mahsulot xarid qilingan kunda mijozga yetkazilişi mumkin. 

Amazon şuningdek, buyurtma qilingan mahsulotlarni yetkazib beriş xizmatini ham rivojlantiriş niyatida. Ammo, hozirça, Amazon vakillari uşbu masalani izohlaşdan boş tortişgan.