Turkiyaning Antaliya va Kemer şaharlari örtasidagi trassaga raketa zarbasi berildi. Snaryad baliq mahsulotlari bilan savdo qiluvçi dökonga kelib tuşgan. Bu haqda NTV telekanalida xabar berilgan.
Telekanal xabarida jabrlanuvçilar yöqligi aytilgan.
CNN Turk telekanali esa portlaş oqibatida bir neça kişi jarohatlanganini ma'lum qildi, biroq ularning aniq sonini keltirmadi.
Dastlabki ma'lumotlarga köra, dengiz tomondan 3ta raketa uçib kelgan. Bu vaqtda tanker ötayotgan edi.
Hodisa joyiga şoşilinç tartibda politsiya, portlovçi qurilmalar bilan işlovçi mutaxassislar va tez tibbiy yordam avtomobillari yetib kelgan.
Yeni Safak naşri ham portlaşdan jabrlanganlar yöqligi haqida yozgan.












