Angliya premer-ligasida odatga köra ötgan oyning eng yaxşilari taqdirlandi. «Liverpul» jamoasining 2 vakili, boş murabbiy Yurgen Klopp eng yaxşi murabbiy sifatida, jamoa sardori Jordan Henderson esa eng çiroyli gol muallifi sifatida mukofotlandi, şuningdek, Adam Lallana oyning eng yaxşi futbolçisiga nomzodlar qatoridan joy oldi.

Ötgan oyda «qizillar» jamoasi «Lester» (4:1), «Çelsi» (2:1) va «Hall» (5:1) klublariga qarşi muvaffaqiyatli öyinlar ötkazdi. Jamoa 7 turdan keyin 16 oçko bilan törtinçi örinda joylaşgan.

Qayd etiş kerakki, Klopp bunday sovrinni qölga kiritgan birinçi nemis murabbiyi böldi. Unga bu borada Hosep Gvardiola, Arsen Venger, Poçettino hamda Pardyu kabi mutaxassislar raqobat qilgandi.

«Tottenhem» hujumçisi Son Xyon Min APLning sentabr oyidagi eng yaxşi futbolçisi böldi.

Janubiy koreyalik futbolçi ötgan oyda ötkazilgan 3ta öyinda 4ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oşirdi.

24 yoşli hujumçi bunday sovringa ega bölgan birinçi osiyolik futbolçiga aylandi. Unga Kevin de Bryuyne, Adam Lallana, Teo Uolkott va Lukaku kabi futbolçilar raqobatçilik qilgandi.

Hendersonning «Çelsi» ga qarşi keçgan va 2:1 hisobidagi ğalaba bilan yakunlangan öyinda urgan goli: