Özbekiston terma jamoasi va «Bunyodkor» futbolçisi Eldor Şomurodov Rossiyaning ProSports Management agentlik kompaniyasi bilan şartnoma imzoladi.
Kompaniya futbolçiga quyidagiça ta'rif berdi.
«21 yoşli futbolçi qanot va markaziy hujumçi pozitsiyasida öynaydi. Şuningdek, u hujum ortida ham harakat qila oladi. U öz öyinlari orqali Kiyevning "Dinamo" va Ukraina terma jamoasi hujumçisi Andrey Yarmolenkoni eslatib yuboradi: tezkor, kuçli, texnik jihatdan yaxşi, maydonni yaxşi köra oladi, pozitsion va tezkor hujum paytida töğri yeçim topa oladi.
"Eldor yaxşi jismoniy körsatkiçlarga ega. Natijada u yakkakuraşlarda işonçli harakat qiladi. Va albatta, uning tezligi — böyi 182 sm. böla turib, u masofaga yugurişda tez harakat qila oladi. U yaxşi boşlanğiç tezlanişga ega, ikkinçi qavatda kuçli va standart vaziyatda foydali harakat qila oladi.
Atletizm va tezlikdan taşqari, dribling — Şomurodovning eng kuçli xususiyatlaridan biri. U taşabbusni öz qöliga olişdan çöçimaydi, işonç bilan raqibni aldaydi, örtaça bitta öyinda 6 marta raqibni aldaşga kirişadi. Taqqoslaş uçun, "Zenit" futbolçisi Julianoda bu körsatkiç 5ga, Promesdan 8ga teng.
Biz Eldor Şomurodov iştirokidagi köp öyinlarni tahlil qildik. Albatta, hamkorlik borasida qabul qilişdan avval Özbekiston çempionatining saviyasini ham inobatga oldik. Lekin, Odil Ahmedov misolida kördikki, "Paxtakor"dan "Anji"ga ötib, u darhol yuqori saviyadagi futbol namoyiş qila boşlagan. Şomurodov terma jamoa safida kuçli raqiblarga qarşi öyinda işonçli harakat qilgan. U Özbekiston terma jamoasi safida 12ta öyinda maydonga tuşib, 4ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oşirdi. Unda ösiş uçun salohiyat bor, ammo u töpsiz öyinda kuçayişi lozim. Birinçi navbatda, jamoaning himoyaviy harakatlarida faol iştirok etişi lozim.
Risk jihatdan futbolçining moslaşib ketişini tilga oliş lozim. Osiyolik futbolçilar har doim ham yangi çempionat va madaniyatga moslaşib keta olmaydilar. Lekin Vitaliy Denisov va Odil Ahmedov öz klublarida yetakçi öyinçiga aylanib, buning teskarisini isbotlaşdi. Eldor rus tilida yomon gapirmaydi. Uning kelajakda Yevropada öynaşi mumkinligini inobatga olgan holda, u ingliz tilini örganişi kerakligi haqida qaror qabul qildik.
Eldorning statistikasi yomon emas: bir yarim yildan oşiqroq mavsum davomida u 19ta gol urdi va 7ta golga assistentlik qildi.
Kuçli jamoa safida va yuqori saviyadagi futbolçilarning yonida u öz iqtidorini yanada yaxşiroq namoyiş qila boşlaydi. Bejizga köp çempionatlardan hamkasblarimiz uşbu futbolçi yuzasidan aniq taklif bilan çiqişmadi. Şomurodov yuqori salohiyatga ega futbolçi. Hozirdanoq u Özbekiston terma jamoasi va "Bunyodkor" klubining muhim öyinçisi hisoblanadi», — deyiladi kompaniya bayonotida.












