Fransiyada Milliy gvardiyani taşkil etiş töğrisidagi qonun kuçga kirdi. U, 14 iyul kuni Nitstsada amalga oşirilgan terrorçilikdan söng, mamlakat prezidenti Fransua Olland taşabbusi bilan taşkil etilmoqda.
Qonunning birinçi bandida qayd etilişiça, "Fransiya Milliy gvardiyasi zarur bölgan hollarda, mamlakat xavfsizligi va mudofaasini ta'minlaşga hissa qöşiş uçun qurol işlatişi mumkin". Davlat hujjatlari e'lon qilinadigan Journal officiel saytida yozilişiça, u "Qurolli kuçlar safida şartnoma asosida xizmat qilayotganlar orasidan köngilli ravişda taşkil etiladi". Milliy gvardiya tarkibiga, şuningdek, "mamlakat politsiyasining fuqarolik zaxirasidan ham köngillilar kirişi mumkin".
Yangi tuzilmaga, Fransiya mudofaa hamda içki işlar vazirligi birgalikda rahbarlik qiladi.












