AQŞ prezidenti Barak Obama ommani özining sevimli ilmiy-fantastik film va seriallari röyxati bilan taniştirdi. Bu röyxatni Wired jurnali çop etdi.

Uşbu röyxatdan rejissyor Stenli Kubrikning "2001 yil: Koinot odisseyasi" (1968), Ridli Skottning "Tiğ ustida çopuvçi "  (1982), Stiven Spilbergning "Uçinçi darajali yaqin aloqalar" (1977), Jorj Lukasning "Yulduzlar janglari. IV epizod: Yangi umid" (1977) hamda nisbatan yaqinda çiqqan Vaçovskining "Matritsa" (1999) va Ridli Skottning "Marslik" (2015) filmlari örin olgan.

Bundan taşqari, Obama "Startrek" ("Yulduzli yöl", 1966-1969) seriali va "Koinot: şaxsiy sayohat" (1980) hujjatli serialini qayd qilib ötdi.

Uşbu röyxatdan rejissyor Ridli Skottning ikkita filmi joy oldi. Obama uning "Tiğ ustida çopuvçi" filmiga izoh berib, "Bu film bir savol qöyadi: inson böliş uçun nima talab qilinadi?", deb aytdi. Obamaning fikriça, "Marslik" filmi odamlarning jiddiy muammolarni hal qilişga qobiliyatini körsatadi.