Rim papasi Frantsisk Ğarbda nasroniylikni himoyalab, biroq şu bilan birga qoçqinlarga yordam berişni rad etadiganlarni ikkiyuzlamaçilikda aybladi.

"Ziddiyat mavjud: Ğarbda nasroniylikni himoya qilişni istaganlar, boşqa tomondan, qoçqinlarga va boşqa dinlarga qarşi çiqmoqdalar", deb aytdi pontifik Vatikanda lyuteran-ziyoratçilar guruhini qabul qiliş vaqtida.

Frantsiskning aytişiça, gap bu vaziyatda "kasallik yoki umuman Iso payğambar eng köp qoralagan gunoh – ikkiyuzlamaçilik" haqida ketmoqda. Şu bilan birga papa bu fenomen haqida OAV har kuni xabar berayotganini aytdi.

E'tiborlisi, 13 oktabrda Muqaddas taxt Frantsisk tomonidan Butunjahon muhojir va qoçqinlar kuni munosabati bilan yöllagan maktubni ommaga taniştirdi. Bu kun Rim-katolik çerkovi tomonidan 2017 yil 15 yanvarda nişonlanadi.

Pontifik bu hujjatda barça köngilli odamlarni avvalambor baloğatga yetmagan muhojirlar haqida qayğurişga çaqirgan. Uning aytişiça, bunday bolalar "körimsiz bölgani va ovozga ega bölmagani sababli eng zaif guruhni" taşkil qiladi. 

"Ular uç karra zaifdirlar, çunki yoşdirlar, çunki xorijlikdirlar va çunki himoyasizdirlar hamda turli sabablarga köra öz yurtlaridan olislarda yaşaşga majburdirlar", deb ta'kidlab ötdi papa.

Butunjahon muhojir va qoçqinlar kuni çerkov tomonidan 1915 yildan beri nişonlab kelinadi. Oxirgi vaqtlar papa xalqaro hamjamiyat e'tiborini Yevropaga Şimoliy Afrika va Yaqin Şarqdan ommaviy migratsiya qiliş muammosiga qaratib keladi.