Tailand qiroli qoşidagi maxfiy kengaş rahbari Prem Tinsulanon qirol Pumpion Adulyadetning vafotidan keyin valiahd şahzoda 64 yoşli Maxa Vaçiralongkorn taxtga çiqquniga qadar vaqtinçalik regent vazifasini bajarib turadi. Bu haqda Bangkok Post xabar bergan.
"Konstitutsiyaga köra general Prem Tinsulanon regent etib tayinlandi. Valiahd şahzoda taxtga çiqişni keçiktiradigan holatlarda Maxfiy kengaş raisi öz-özidan regentga aylanadi", deyilgan naşrda.
96 yoşli Prem Tinsulanon 1998 yildan buyon Tailand qiroli qoşidagi maxfiy kengaşga rahbarlik qilib keladi. U Tailand içki siyosatidagi muhim şaxslardan biridir. 1980 yildan 1988 yilgaça general Tinsulanon mamlakat boş vaziri bölgan.
Bundan oldinroq, mamlakatning hozirgi boş vaziri Prayut Çan-Oça şahzoda taxtga çiqiş marosimini ötkazişga şoşilmay, «millat bilan birgalikda qayğuga çömiş» imkonini berişni söragani haqida aytgandi.
Eslatib ötamiz, qirol Pxumipon Adulyadet 88 yoşida olamdan ötdi. Şu munosabat bilan mamlakatda bir yillik motam e'lon qilindi.
Marhum 1972 yilda özining valiahdi etib şahzoda Maxa Vaçiralongkornni tayinlagan edi. Mamlakat qonunçiligiga muvofiq, qirolning ölimidan söng parlamentning favqulodda yiğilişi ötkazilib, uning yakunlariga köra valiahd taxtga çorlanişi lozim edi. Ammo parlament majlisidan söng Maxa Vaçiralongkorn taxtga çorlanmadi.
Endilikda voris nomi parlamentning maxsus yiğilişida oşkor etiladigan böldi. Bu voris Maxa Vaçiralongkorn bölişi kutilmoqda.
Vorislik navbatida ikkinçi örin malika Maxa Çakri Siridonga tegişli hisoblanadi.












