Texnologiya | 00:04 / 14.10.2016
8735
2 daqiqa o‘qiladi

Tesla: Model S AQShda katta lyuks sedanlar savdosida yetakchilik qilmoqda

Foto: vc.ru

Tesla Model S avtomobillari AQShda 2016 yil 3-choragiga ko‘ra, Mercedes S-Class va BMW 7’ning oxirgi modifikatsiyalaridan 2 marta yaxshiroq sotilmoqda, deb yozmoqda Tesla ma'lumotlariga iqtibos keltirgan holda Bloomberg axborot agentligi. 

Tesla ma'lumotlariga ko‘ra, kompaniya oxirgi 3 oy ichida 9156 ta Model S’dan sotgan, bu ko‘rsatkich uning katta lyuks sedanlar borasidagi raqobatchisi Mercedes S-Class’ning (4921 avtomobil) ko‘rsatkichidan ikki martdan ko‘ra ko‘proq. 3-o‘rinni BMW 7 egallamoqda, kompaniya bu segmentdagi avtomobillardan 3,6 mingtadan sal ko‘proq sotgan.

Bloomberg’ning yozishicha, Tesla 3-chorakda AQShda katta lyuks sedanlar sinfidagi avtomobillar bozorida o‘zining yetakchiligini mustahkamlab oldi va unda 32 foiz ulushga ega bo‘lmoqda. Mercedes va BMW bu ko‘rsatkich haqida izoh bermagan.

SUV-avtomobillar bozorida Tesla’ning Model X avtomobili bozorning 6 foiz ulushini egallamoqda. Bu mashinalar Porsshe va Land Rover kompaniyalarinikidan yaxshi sotilmoqda, biroq Mercedes, BMW, Cadillac, Volvo, Audi va Lexus kabi kompaniyalarnikidan ortda qolmoqda.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов

Mavzuga oid