1926 yilning 14 oktabrida Londonda britaniyalik yozuvçi Alan Milnning Kristofer Robin ismli bolakay, ayiq, Pyataçok va Ajoyib örmonda yaşovçi boşqa jonivorlar haqidagi kitobi naşrdan çiqdi. Uşbu kitobning boş qahramoni Vinni-Pux nomini olgan bölib, u biroz ertaroq - Miln özining 4 yoşli öğlini (Kristofer Robin) hayvonot boğiga olib kelgan va unga Vinnipeg ismli ayiqni (Birinçi jahon uruşi yillarida Angliyaga Kanada veterinar korpusi ramzi sifatida kelgan) körsatgan mahal yaratilgan. Bolaga ota-onasi tomonidan sovğa qilingan yumşoq öyinçoq ana şu ayiq şarafiga nomlangan; Miln öğli uçun şu ayiq haqida turli hikoyalar yozardi. Vinni-Pux va uning döstlari haqida jami ikki kitob çop etilgan - ularda bolalar yotoqxonasidagi olam uy atrofidagi olam bilan uyğunlaştirib berilgan, öyinçoqlar esa hatto Kristofer yöqligida ham öz şaxsiy hayotini yaşaydi. Keyinçalik, 1960 yillarda "Disney" kompaniyasi Miln personajlarining kitobdagi syujyetlarga asoslangan sayohatlari haqida animatsion film yarata boşladi, bunday multfilmlar hanuz efirga uzatilmoqda. MDH davlatlarida Vinni-Pux Boris Zaxoder tarjimasi va Fyodr Xitrukning uç multfilmi tufayli maşhurlikka erişdi - hali-hanuz multfilmning qaysi versiyasi ("Disney" yoki Yevgeniy Leonov ovoz bergan "Soyumultfilm" versiyasi) yaxşiroq ekanligi borasidagi bahslar tinmaydi.

Multfilmdan lavha (1969)

1928 yil. Alan Miln va uning öğli Kristofer Robin

Multfilmdan lavha (1969)

Boris Diodorovning illyustratsiyasi, 1986–1989

Boris Diodorovning illyustratsiyasi, 1986–1989

















