Yakkaliklar o‘rtasidagi yarim final bahsida Denis Istomin slovakiyalik Lukash Latskoni 6:4, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Endi tennischimiz bosh sovrin uchun kechadigan bahsda rossiyalik Konstantin Kravchuk bilan raqobatlashadi.
D.Istomin juftlik bahslarida ham muvaffaqiyatli qatnashmoqda. U rossiyalik Mixail Yelgin bilan hamkorlikda yarim finalda belaruslik Aleksandr Buriy va shvetsiyalik Andreas Silestryom juftligini 3:6, 6:4, 10:8 hisobida yengdi. Endi Denis va Mixail juftligi finalda germaniyalik Andre Begemann va hindistonlik Leander Payes bilan bahslashadi.










