AQŞ va Efiopiya olimlari global isiş Afrikaning eng issiq mamlakatlaridan birida nimalarga olib kelişi mumkinligini örganib çiqişdi hamda uni qişloq xöjaligi va gidroenergetikaning "gullab-yaşnaşi" kutayotganini aniqlaşdi. Climatic Change şu haqda maqola çop etdi. 

Tadqiqotçilar örtaça haroratning 1-2 darajaga ösişi Efiopiyaga qanday ta'sir körsatişi mumkinligini aniqlaş maqsadida iqlimiy va gidrologik modellardan foydalanişdi. Ularning hisob-kitoblariga köra, mamlakatdagi yoğingarçilikning umumiy miqdori 20-30 foizga oşadi. Yomğirlar mavsumida yoğingarçilikning oşişi bilan birga hozirgi quruq mavsumda ham vaqti-vaqti bilan yoğingarçilik bölib turişi kutilmoqda. 

Tadqiqotçilar bergan ma'lumotlarga köra, yoğingarçilikning köpayişi Efiopiyada bir yilda ikki marta hosil oliş imkonini yaratadi (hozirça yilda bir marta hosil olinadi). Nazariyaga asoslangan taxminlar yoğingarçilik miqdorining keskin oşişi Efiopiyani qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetkazib beruvçi eksportyor-mamlakatga aylanişiga işora qiladi. Bu juda muhim, çunki u yerda dunyodagi eng yirik - 5,25 gigavattli GES qurilmoqda.