Instagram rasmiy dasturi statsionar PK va planşetlar uçun Windows 10 boşqaruvi ostida işga tuşdi. Uning yordamida döstlarning suratlarini tomoşa qiliş, xabarlarni öqiş va  Direct'dan yuboriş mumkin, şuningdek, «yoqdi» belgilarini köriş va sozlaş imkoni mavjud. Bu haqda The Verge xabar qilgan.

Dasturning veb-versiyasidan farqli jihati, foydalanuvçilar özlariga yoqqan suratlarni Facebook va Messenger'ga ulaşişlari mumkin. Uni Windows Store'da yuklab oliş mumkin.

Biroq dasturning ançayin jiddiy çeklovi ham bor: suratlarni faqat sensorli ekran va içki kamerali qurilma egalari qöya olişadi. Şunday ekan, bu dastur noutbuk-transformer va Windows 10 boşqaruvi ostidagi planşetlarga köproq töğri keladi.

The Next Web naşrining yozişiça, dastur dizayni muvaffaqiyatli çiqmagan. Sababi, barça zarur tugmalar markazda joylaşgan bölib, yon tomonda köplab böş joylar ortib qolgan.  

Şuningdek, içki kameraga ega bölmagan oddiy kompyuterlarda «Tarix»ga surat qöşiş vaqtida  dastur işlaşdan töxtaydi va tuşunmovçilikni yuzaga keltiradi. Agarda foydalanuvçilarga statsionar PKda saqlangan hujjatlardagi suratlardan yuklaş imkoni berilganda, mantiqan töğriroq bölar edi.