Hindistonning Goa ştatida Rossiya davlat rahbari Vladimir Putin va Hindiston boş vaziri Narendra Modi örtasida muzokaralar bölib ötdi. Şundan söng, davlat va hukumat rahbarlari OAV uçun matbuot anjumani ötkazişdi. 

Narendra Modi öz bayonotini "ikki yangi döstdan eski qadrdon yaxşi", degan rus maqoli bilan boşlagan.

"Hindiston va Rossiya örtasidagi muzokaralar, bizning aloqalarimizga aniq yönaliş,  yanada kuçliroq turtki beradi", - degan hind hukumati rahbari. U, özaro muloqotni keng qamrovli va foydali bölganini qayd etgan. 

Modi bu safargi uçraşuvda erişilgan kelişuvlar orasida, 200ta Ka-226T vertolyotlarini birgalikda işlab çiqariş böyiça kelişuvni hamda neftgaz sohasidagi aloqalarning rivojlanişini alohida e'tirof etgan. 

Boş vazirning aytişiça, tomonlar iqtisodiy aloqalarni kengaytiriş, rivojlantiriş va çuqurlaştirişni davom ettiradi. 

Modi şuningdek, rasmiy Moskva Hindistonning xalqaro terrorizmga qarşi kuraşini qöllab-quvvatlayotganini bildirgan. 

Vladimir Putin va Narendra Modi örtasidagi muzokaralar yakunida jami 18ta hujjat imzolangan hamda global tinçlik va barqarorlikka erişişga oid yondaşuvlar böyiça qöşma bayonot qabul qilingan.