2016 yilning 14 oktabr kuni Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi milliy va xorijiy OAV vakillari uçun 18-19 oktabr kunlari Toşkent şahrida bölib ötadigan Islom hamkorlik taşkiloti Taşqi işlar vazirlari kengaşining 43-sessiyasiga bağişlangan brifing ötkazdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vaziri örinbosari Ğayrat Fazilov jurnalistlar oldida sözlagan nutqida ma'lum qilişiça, mazkur yiğilişda IHTga a'zo 57 davlatdan 26tasining taşqi işlar vazirlari rasmiy ravişda öz iştirokini tasdiqlagan. Bular Afğoniston, Bangladeş, Falastin, Gayana, Indoneziya, Iordaniya, Jazoir, Kamerun, Kot-d’Ivuar, Liviya, Malayziya, Maldiv, Misr, Nigeriya, Ozarboyjon, Pokiston, Qatar, Qirğiziston, Qozoğiston, Kuvayt, Saudiya Arabistoni, Somali, Surinam, Tojikiston, Turkiya, Yaman taşqi siyosat idoralari rahbarlaridir.
Sessiyada IHT boş kotibi Iyad Amin Madaniy, Islom taraqqiyot banki guruhi prezidenti Bandar Hajjar, taşkilotning qator yordamçi va maxsus muassasalari boş direktorlari, AQŞ, Fransiya, Italiya, Buyuk Britaniya, Şveytsariyaning IHTdagi maxsus vakillari hamda BMT, YeXHT, Arab davlatlari ligasi, Iqtisodiy hamkorlik taşkiloti, Osiyoda hamkorlik va işonç çoralari böyiça kengaş (OHIÇK) va boşqa köplab taşkilotlar vakillari ham iştirok etadi.
18 oktabrda öz işini boşlaydigan sessiya doirasida TIVKning amaldagi raisi Kuvayt davlati öz raislik vakolatini rasman Özbekistonga topşiradi. Şu paytdan boşlab Özbekiston Respublikasining taşqi işlar vaziri mazkur organning 2017 yildagi navbatdagi sessiyaga qadar IHT TIVKning raisi funksiyalarini amalga oşiradi.
Tasdiqlangan dastur va kun tartibiga muvofiq, oçiliş marosimida Özbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvçi Şavkat Mirziyoyev nutq sözlaşi rejalaştirilgan.
Özbekiston Islom hamkorlik taşkilotiga musulmon davlatlarni birlaştiruvçi umume'tirof etilgan forum sifatida qaraydi, IHT Taşqi işlar vazirlari kengaşidagi bölajak raisligini esa islom tamadduni rivojiga mamlakatimiz tomonidan qöşilgan ulkan tarixiy hissani e'tirof etilişi deb hisoblaydi. Şundan kelib çiqqan holda Özbekiston taşkilotning dunyodagi rolini kengaytiriş hamda taşkilot oldidagi muhim vazifalarni hal etişga har tomonlama kömak berişni öz oldiga maqsad qilib qöygan.
Taşkilot faoliyatining ustuvor yönalişlariga muvofiq ravişda, vayronkor mafkuraga qarşi kuraş, mamlakat aholisida, ayniqsa yoş avlod vakillarida muqaddas Islom dini qadriyatlari haqida töğri tuşunça va fikrni şakllantiriş, har tomonlama yetuk va yuqori bilimli yoşlarni tarbiyalaş masalalarining davlatlarimiz barqarorligi va xavfsizligini ta'minlaşdagi ahamiyatini hisobga olib, Özbekiston Respublikasining IHT TIVKdagi raisligi “Ta'lim va ma'rifat – tinçlik va bunyodkorlik yöli” şiori ostida ötadi.












