Bugun, 15 oktabr kuni Shveytsariyaning Lozanna shahrida AQSh, Rossiya va boshqa bir qator mamlakatlarning tashqi ishlar vazirlari ishtirokida Suriyadagi vaziyatni barqarorlashtirish masalasida muzorkara boshlandi.
Uchrashuvda Rossiya nomidan TIV rahbari Sergey Lavrov, AQSh Davlat kotibi Jon Kerri, BMTning Suriya bo‘yicha maxsus elchisi Staffan de Mistura, shuningdek, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Eron, Qatar, Iordaniya, Misr va Iroq vazirlari hozir bo‘lishgan.
Muzokaralarning asosiy mavzusi o‘t ochishni to‘xtatish hamda muxolifat kuchlarining hududlarini belgilab olish bo‘lishi kutilmoqda.















