«Mançester Yunayted»ning fransiyalik yarimhimoyaçisi Pol Pogba özining Zlatan Ibrahimoviç bilan döstona munosabati haqida gapirdi.

«Zlatan men uçun katta oğam kabi. Unda ğoliblik mentaliteti mavjud, u buyuk futbolçi. U «Mançester Yunayted» uçun juda muhim futbolçi hamdir.

Mening jamoaga moslaşişim uçun vaqt talab etildi. Mening transferim qiymatimi? Bu tufayli bosim ostida qolmadim. Eng asosiysi jamoam va uning ğalabalari. Men ğalaba vaqtida ham, mağlubiyat vaqtida ham jamoam bilan birga bölaman», dedi Pogba Telefoot efirida.

Eslatib ötamiz, Pol Pogba va Zlatan Ibrhaimoviç yozgi transferlar vaqtida «MYu» a'zosiga aylanişdi. Şvetsiyalik futbolçi klub bilan erkin agent sifatida 1 yillik şartnoma tuzdi. Pogbani esa «Yuventus»dan 105 million yevro evaziga xarid qilişdi va u futbol tarixidagi eng qimmatbaho futbolçi sifatida qayd etildi.

Pogba APLning joriy mavsumida 6 uçraşuvda maydonga tuşdi va bitta gol urdi.

Manba: Tribuna.uz