Halabdagi işonçli muxolifat guruhlari terrorçilardan ajralib çiqsa, Halabdagi öt oçişni töxtatiş davriy bölmaydi, deb bayonot berdi RFning BMTdagi doimiy vakili Vitaliy Çurkin.
Çurkinning jurnalistlarga ma'lum qilişiça, agar özlarini muxolifat deb atovçi guruhlar "Jabhat an-Nusra" terrorçilik guruhi tarkibidan çiqsa, "bu öt oçişni muddatsiz töxtatiş davrini anglatadi".
"Biz "Nusra"ning har qanday öt oçişni töxtatiş tartibidan jangni har joyda davom ettiriş uçun qayta guruhlaniş va qurol olişda foydalanganiga bir neça marta guvoh böldik", — degan Çurkin.
RF Boş ştabi 2016 yil 20 oktabr kuni soat 8.00 dan soat 16.00gaça Halabda gumanitar pauza e'lon qiladi. Bu vaqt mobaynida Suriya va Rossiya kuçlari zarbalar berişni töxtatadi.
Çurkinning sözlariga köra, agar muxolifat kuçlari va terrorçilarni ajratişning uddasidan çiqilsa, "”Nusra”ga ikkita yöldan birini tanlaş taklif etiladi: ular yo Staffan de Mistura bildirganidek şaharni tark etişadi, — yoki ularni mağlub etiş kerak böladi".












