FIFA 2018 yilgi jahon çempionati ötkazilişi qoidalariga bir qator özgartirişlar kiritdi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.
Yangi qoidalarga köra, jahon çempionatining guruh bosqiçida jamoalar örtasida oçkolar teng bölsa, fair play – halol öyin reytingi, ya'ni jamoalar futbolçilari olgan qizil va sariq kartoçkalar miqdori hisobga olinadi. Bunda birinçi navbatda avvalgidek töplar nisbati, söngra özaro uçraşuvlar natijasi va ana undan keyin jarima kartoçkalari miqdori soliştiriladi.
Barça terma jamoalar öz zaxirasida raqam va ism tuşirilmagan qöşimça darvozabon formasiga ega bölişi zarur. Bu darvozabon jarohat olgan yoki maydondan çetlatilgan bölsa-yu, öyinçilarni almaştirişga limit tugagan holatlarda kerak bölişi mumkin: agar terma jamoa darvozaga maydonda harakatlanuvçi öyinçini qöyişga majbur bölsa, unda darvozaga qöyilgan futbolçi boşqa raqam va ismdagi zaxira darvozaboni kiyimida öynaşiga töğri kelmaydi.
Şuningdek, yangi qoidalarda FIFA prezidenti jahon çempionati ğolibini taqdirlaş marosimida boş mukofotni albatta çempion jamoa sardoriga berişga majbur emasligi belgilab qöyildi.
manba: tribuna.uz












